MYU – Liverpul. Starridj maydonga tushishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 avg 2015
Liverpul hujumchisi Deniel Starridj Angliya chempionati doirasidagi Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Angliya terma jamoasi a'zosi shu hafta ichida mashg'ulotlarga qaytadi. Taxminan 2 hafta davomida u jismoniy holatini tiklashi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, MYU – Liverpul uchrashuvi 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru