MYU rahbari Amorimga 3 yil vaqt bergan

Khoja
9 okt 2025
"Manchester Yunayted" egasi Jim Retkliff bosh murabbiy Ruben Amorimda "qizil iblislar" ligasidagi mavqeini yaxshilash uchun jami uch yil borligini ma'lum qildi.

"Amorim o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmadi. Ruben uch yil ichida ajoyib murabbiy ekanligini ko'rsatishi kerak. Aynan unga shuncha vaqt beriladi, chunki futbolda bir kechada o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lmaydi.

Eslayman, Aleks Fergyusonning dastlabki ikki yili juda qiyin bo'lgan, uni ko'pchilik iste'foga chiqishini istagan. "Arsenal"dagi Artetaga qarang: u dastlabki ikki yilida qiyin davrni boshidan kechirdi. Biz sabrli bo'lishimiz va uzoq muddatli natijalarga e'tibor qaratishimiz kerak" - dedi MYU rahbari.


KhojaMuallif
Manba: championat.com