MYU yangi mavsum uchun abonementlarni rekord vaqtda sotib bo'ldi

Tolibjon Qosimov
22 may 2019
"Manchester Yunayted" 2019-2020 yilgi mavsum uchun abonementlarni sotib bo'ldi.

Klub ortda qolgan mavsumdagi omadsiz ishtirokka qaramay 52 ming abonementni rekord vaqt ichida sotdi.

"Manchester Yunayted" ushbu yozda uy stadioni bo'lmish "Old Trafford"ni 3 million funtga rekonstrukciya qiladi. Keyingi 5 yil davomida esa 75 ming o'rindiqning barchasi almashtiriladi.


Eslatib o'tamiz, MYU yakunlangan mavsumda Premer-ligada oltinchi o'rinni egalladi va Chempionlar ligasidan quruq qoldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk