Nagelsmann: "Tottenxem" - bu ajoyib! Yevropadagi eng zo'r jamoalardan"

Alisher
16 dek 2019
"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final qur'asidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Nemis klubi qur'ada "Tottenxem" bilan tushdi.

"Tottenxem" - bu juda ajoyib! Yevropadagi eng kuchli jamoalardan, fantastik shahar, katta tajribaga ega dunyo yulduzlari.

Albatta, oson bo'lmaydi. Ammo, biz uchrashuvni, ayniqsa stadionni ko'rishga oshiqmoqdamiz", - deydi Nagelsmann.


Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi 


AlisherMuallif
Manba: uefa.com