"Napoli" Ikardi borasidagi taklifni 70 mln. evroga etkazdi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2016
"Napoli" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini qo'lga kiritish uchun yana harakatni boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gonsalo Iguainning transferidan yaxshigina foyda ko'rgan "Napoli" 23 yoshli futbolchi uchun 70 mln. evro sarflashga tayyor. Oldinroq neapolliklar Ikardi uchun "Inter"ga 55 mln. evro va 2 mln. evro bonus taklif qilgan edi. Klub prezidenti Erik Toxir argentinalikdan 60 mln. evro ishlab olmoqchi ekanligini e'lon qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta Sportiva