

Ma'lumotlarga ko'ra, Gonsalo Iguainning transferidan yaxshigina foyda ko'rgan "Napoli" 23 yoshli futbolchi uchun 70 mln. evro sarflashga tayyor. Oldinroq neapolliklar Ikardi uchun "Inter"ga 55 mln. evro va 2 mln. evro bonus taklif qilgan edi. Klub prezidenti Erik Toxir argentinalikdan 60 mln. evro ishlab olmoqchi ekanligini e'lon qilgan.



