“Napoli” Kulibali uchun MYUdan olamshumul mablag' so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019
“Manchester Yunayted” o'z safini “Napoli” a'zosi Kalidu Kulibali bilan to'ldirmoqchi.

Angliya jamoasi mutasaddilari neapolliklar bilan muzokara o'tkazishga ulgurgan. Uchrashuv davomida “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis senegallik himoyachini 150 mln. evroga sotishini ma'lum qilgan.

Kulibalining “qizil iblislar” tarkibiga kelib qo'shilishini klubning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham xohlagandi. MYUning yangi ustozi Ole-Gunnar Sulsher ham futbolchini jamoada ko'rishga qarshi emas.

27 yoshli “Napoli” himoyachisiga, shuningdek, “Barselona”, “Real” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda. Mazkur futbolchi 2013-yilda “Genk”dan 13 mln. evro evaziga Italiya klubiga kelib qo'shilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport