Transfermarket malumotlariga ko'ra, belaruslik himoyachi Yaroslav Makushinskiy "Buxoro" futbolchisiga aylandi. U klub bilan 2024 yilning 31 dekabr sanasigacha shartnoma imzolagan. Futbolchi "Buxoro"ning Xo'janddagi yig'iniga yo'l oladigan tarkibiga ham kiritildi.
25 yoshli Makushinskiy faoliyati davomida "Energetik-BGU", "Vertikal", "Belshina", "Smolevichi", "Loko Gomel", "Slaviya II", "Dinamo Minsk II" jamoalarida to'p tepgan. Transfermarket portali uning narxini 200 ming evroga baholagan.
Izohlar