

Elit OCHL 3-turi doirasidagi "Shabab Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi oldidan musobaqa rasmiylari va har ikki jamoa vakillari ishtirokida rasmiy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida ertangi bahsga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning libos ranglariga ham aniqlik kiritildi.
Unga ko'ra:
"Shabab Al Ahli" – to'liq qizil rangli libosda,
"Nasaf" – to'liq ko'k rangli sport formasida harakat qiladi.


Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.



