"Navbahor" muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda, raciya orqali Shackix bilan aloqa qilib turdik - Kamoliddin Tojiev "Navbahor" bilan o'yindan keyin

Mirjalol Normatov
10 aug 2023
Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiev ishtirok etdi.



- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Yigitlarning oldiga qo'yilgan maqsad bajarildi. Barcha o'z darajasida o'ynadi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa gol o'tkazib yubormaslik uchun himoyada o'ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman.

- "Paxtakor" o'tgan turda "Neftchi"ga mag'lub bo'lganida bugungidek o'ynamadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- "Neftchi" bilan o'yindan oldin ham barchamiz bir-birimiz bilan gaplashib olgandik. Barchasi yaxshi edi. Menimcha, Samarqanddagi mag'lubiyat sababli yigitlarning o'yini biroz o'xshamadi.

- Umuman olganda bugun ilk marta "navbahor" muxlislari "Paxtakor" futbolchilarini qarsak bilan kuzatib qo'yishdi. Bunday holatlar oldinlari ro'y bermasdi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, shuni aytishim kerakki, "Navbahor" muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda turishadi. Ularga o'yin yoqqandir. Bugun g'olib jamoa to'g'ri yutgani uchundir, ularga bu maqul kelgan.

- G'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvdan oldin Maksim Shackixning tribunada o'tirishi ham muammo bo'lishi aytilgandi. U o'yinni qanday kuzatdi, futbolchilarni almashtirishda u yordam berib turdimi?

- Uning stadionga kirishi muammo bo'lmadi. Biroq kiyim almashtirish xonasiga kira olmasdi. Bizda raciya bor, shu orqali aloqani ushlab turdik. 

- Jamoaning yangi futbolchisi Kuxarchik qaydnomaga ham kiritilmabdi. Buning sababi nima?

- Uning jarohati bor. U Toshkentdagi mashg'ulotda kichik jarohat orttirib olgandi.

- Uning transferiga qanday qaraysiz? "Paxtakor"ga kelgunicha u yarim yil jamoasiz qolib ketgan.

- Uning o'yinlarini ko'rdik. U o'z mahoratini hali barchaga namoyish qiladi.

- Ketma-ket ikki o'yinlik mag'lubiyatdan keyin jamoani ruxiy tushkunlikdan olib chiqish, jamoani tayyorlash qanday bo'ldi?

- "Navbahor" ham kuchli jamoa. Jamoani ruxan tayyorlash shart emas. Barcha bu o'yinning shiddatli bo'lishini bilib turibdi. Yigitlarning o'zlari o'zlarini tayyorlashadi. 


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Хакикатгуй
10 aug 2023
Шу уйинга Олег Шацкихни чакирганда мана шоу буларди. Шу Максимни Олег билан алокаси емонми дейман
Жавохир Алимжанович
11 aug 2023
nechi kundan beri Paxtakorri yomonlab yozvotkanlani kormadilami?
Pakhtakor Tashkent
10 aug 2023
Йигитлар ўзларини ўзи тайёрлашди! Ажойиб.
Vohid Aliev
10 aug 2023
Кто легенда, кто гангстер, кто чемпион демабтида.
Максуд-Челси-Навбахор
10 aug 2023
Навбахор мухлисларини мадананиятсиз деганлар, яхшилаб укинглар, холол уйин билан ютса канака олкишларини