"Navbahor" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2020
Turkiyaning Belek shahrida “Navbahor” va Qozog'istonning “Jetisu” jamoalari o'rtasidagi nazorat-sinov bahsi bo'lib o'tdi.

Birinchi taym oxirida "lochinlar" safida Abbos G'ulomov hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng "Jetisu" futbolchilari muvozanatni tiklashdi - 1:1. O'yinda mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


"Navbahor" - "Jetisu" (Qozog'iston) 1:1
"Navbahor" goli:
Abbos G'ulomov
"Navbahor": O'tkir Yusupov, Tohir Shamsitdinov, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G'ofurov, Islom Rashidxonov, Azimjon Ahmedov, George Andronik, Azizbek Turg'unboev, Abbos G'ulomov, Didar Durdiev.
Zaxira: Dilshod Hamroev, Obid Jo'raboev, G'iyosjon Komilov, Sardor Telyakov, Ivan Solovyov, Amirbek Jo'raboev, Abdulhay Ismoilov, Islom Isoqjonov, Maksim Votinov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia