"Navbahor"ga RPLda o'ynayotgan himoyachi kelmoqda

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov ma'lum qildi.

"Navbahor" jamoasining bo'lajak legioneri - Anri Chichinadze.

Gruziyalik 28 yoshli markaziy himoyachi Rossiyaning "Orenburg" klubidan Namanganga kelmoqda. 1,89 metr bo'yga ega Chichinadze joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Yani, "Navbahor" Rossiya chempionatidan zaxirada o'tirgan emas, doimiy o'ynab turgan futbolchini olib kelmoqda", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Chichinadze 2023 yil Yaypanning "Turon" jamoasi sharafini himoya qilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt