Nematillo Quttiboev: "Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan kechirim so'rayman"

Aslanov Jasurbek
14 avg 2023
"Aral" hamda "Navbahor" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvidan (0:2) so'ng mezbon jamoa ustozi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun Superliganing liderlaridan biriga qarshi bahs o'tkazdik. Birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi, ikkinchi taymda "Navbahor" o'z darajasini ko'rsatdi".

- "Aral" bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin zaxiradagilardan kam foydalandingiz...

- Foydalanishga harakat qildik, biroq majburiy o'zgarishlar ro'y berganidan so'ng rejalarimiz o'zgardi. Himoyachilarda jarohat bo'lgani bizga muammo tug'dirdi.

- "Aral"ning joriy mavsumdagi maqsadi qanday?

- Jamoamizning asosiy maqsadi - maydonda yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilish. Natija esa o'z-o'zidan kelaveradi.

- Muxlislar bugun har doimgidanda faol bo'lishdi. Ularga niyatlaringiz.

- Ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Ular doimo bizni qo'llab-quvvatlashadi. Bugungi mag'lubiyat uchun ulardan kechirim so'rayman.

- "Navbahor" haqida fikringiz.

- Namangan klubida chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilar yig'ilgan. Tarkib zo'r.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia