Neymar "Al Hilol" bosh murabbiyining Braziliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga qarshi chiqdi

Sherzod Nurmatov
30 mar 2025
Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) Dorival Junior istefoga chiqqanidan so'ng milliy jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

Nomzodlar orasida Karlo Anchelotti, Filipe Luis, Abel Ferreyra va Jorje Jezush bor. Biroq Neymar allaqachon federaciya rahbariyatiga portugaliyalik mutaxassisning nomzodiga qarshi ekanligini bildirgan.

Hujumchi "Al Hilol"dagi birgalikdagi faoliyati davomida Jezush bilan ziddiyatga uchraganini malum qildi. Neymarning aytishicha, portugaliyalik murabbiy klubdagi kelajagi haqida yolg'on vadalar berib, unga "xoinlik" qilgan.

Ular o'rtasidagi kelishmovchiliklar 2024 yil oxirida Neymar Jezush bilan jamoadagi o'z roli haqida suhbatlashganida boshlangan. Murabbiy uni shartnoma oxirigacha (2025 yil iyungacha) tarkibda qolishiga ishontirgan. Biroq, ko'p o'tmay, Jezush intervyuda Neymarga umid bog'lamasligi, chunki u endi yuqori darajada o'ynay olmasligini aytgan. Bu voqea ularning munosabatlariga butunlay putur etkazgan va Neymar "selesao" jamoasini Jorje Jezush boshqarishini istamaydi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: A Bola

Izohlar

Shukrullo Mahkamov
31 mar
Nega boshqa odami ayblidi õzi jarohat oldi õyini pasaygan natija xoxlagan odam Neymari tushirmidide
=JAGUAR=
31 mar
Фелипе Луисни яқин келажакда Европада кўриш насиб қилсин. Хуанфран иккаласига Суарес ҳам, Месси ҳам, Роналду ва бошқалари ҳам анча қийналишар эди