Neymar: "O'ylashimcha, JCH-2022 faoliyatimdagi oxirgi jahon chempionati bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
10 okt 2021
"Pari Sen-Jermen" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2022 yilgi jahon chempionati uning faoliyatidagi eng so'nggisi ekanligini aytdi.

"O'ylashimcha, JCH-2022 faoliyatimdagi oxirgi jahon chempionati bo'ladi. Keyinchalik futbol o'ynashga kuchim etadimi yoki yo'q, bilmayman. Braziliya terma jamoasi bilan g'olib bo'lib, bolalikdagi orzumga erishmoqchiman. Umid qilamanki, hammasi o'xshaydi", – dedi Neymar.  

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 keyingi yil dekabr oyida Qatarda bo'lib o'tadi. 

29 yoshli Neymar Braziliya terma jamoasida 2010 yildan buyon o'ynamoqda. U milliy jamoa uchun 113 o'yinda 69 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com