Nikola Lazarevich: "Stanisavlevich – hujumdagi eng muhim futbolchilarimizdan biri"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2022
Superliga 2-turi doirasidagi "Qizilqum" – "Bunyodkor" (3:1) o'yinidan keyin navoiyliklar ustozi Nikola Lazarevich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yin haqida 

- O'yin xuddi kutganimizdek kechdi. Birinchi taymda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Shu bilan birga, raqiblarda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Birinchi taymda gol urib olganimiz foydaga ishladi, bu ikkinchi taymda erkinroq o'ynashimizga turtki berdi. Raqib kuchli edi, oxirigacha kurash olib bordi.  

- Aleksandar Stanisavlevich ikki turdan buyon gol urmoqda. Uning o'yiniga qanaqa baho berasiz?

- Stanisavlevich – hujumdagi eng muhim futbolchilarimizdan biri. O'ylaymanki, Paul Komolafe ham u kabi yaxshi o'ynab ketadi.  

- Sherali Jo'raev ikkinchi yoshligini o'tkazmoqda. Uni qanday qilib ruhlantiryapsiz?

-  Jo'raev yaxshi saviyadagi futbolchi. U ushbu mavsumda etakchi futbolchilarimizdan biri bo'lishi ko'zda tutilgan. Undan yanada ko'prog'ini kutamiz. 

- Bosh direktor (Hamidjon Aktamov – tahr.) ham murabbiylar shtabida ko'rinish bermoqda. U sizga ko'mak beryaptimi?

- Albatta, bosh direktor bizga hamisha yordam beradi. Unga rahmat aytishimiz kerak. Biz hammamiz bir oilamiz.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Davronbek Beshariq
10 mar 2022
Клуб бош тренири нима килади мураббийлар ва захира футболчилари утирадиган уриндикда...
Davronbek Beshariq
10 mar 2022
Клуб бош тренири нима килади мураббийлар ва захира футболчилари утирадиган уриндикда...
Davronbek Beshariq
10 mar 2022
Клуб бош тренири нима килади мураббийлар ва захира футболчилари утирадиган уриндикда...
Davronbek Beshariq
10 mar 2022
Клуб бош тренири нима килади мураббийлар ва захира футболчилари утирадиган уриндикда...
Нoдир
10 mar 2022
Бош ДИРЕКТОР.!!!
nerazzuri
10 mar 2022
Хозир Рулда Хамид 1хбет Актамов булганида бир ачко хам ололмас эди.
Косонсойчи1991FCRM_04
10 mar 2022
Навбахорга омад Санкт Петербург даги мухлисларинг сен билан
JAFAR FCQIZILQUM
11 mar 2022
Qizilqumni antimuxlislari ko'p ekanda. Super g'alabalarimiz juda alam qilayapti.Yutishsa ham gapiraveradi bo'lar-bo'lmas gaplar bilan
Toxirbek Nematov
10 mar 2022
buyam uyinchoq trener shekilli xamma topshiriq Aktamov tomonidan beriladi