Nodirbek Abdurazzoqov: "Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Оқил Абдубарноев
24 avg 2025
Superliganing 20-turidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- Qiyin o'yin bo'ldi. Xudoga shukur, uch ochko nasib qildi.

- "Xorazm" bilan ikki davradagi o'yin ham mashaqqatli o'tdi...

- Superligada oson o'yin qolmadi. "Xorazm" to'p bilan yaxshi muomala qilgani uchun biroz qiyinchilik yaratdi. Lekin imkoniyatlardan foydala oldik.

- OKMK oxirgi o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berdi...

- Bunga aniq sabab keltirish qiyin. Sabablar ko'p deb o'ylayman. Bu jarayonni ortda qoldirdik. Keyingi bellashuvlarga e'tibor qaratamiz.

- OKMK 4-o'ringa ko'tarildi. Klub yetakchilarga qarshi bahslarga tayyormi?

- Biz yetakchilarga qarshi yomon o'yin namoyish etmaganmiz. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia