Nunes APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
22 fev 2026
Urugvaylik 26 yoshli hujumchi Darvin Nunesga APLning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Nunes "Al Hilol" Karim Benzemani sotib olganidan keyin qaydnomadagi o'rnini yo'qotgan. Saudiya Arabistonida legionerlar uchun limit mavjud.

Hujumchining vakillari allaqachon Angliyaning bir qator klublari, xususan "Nyukasl" va "Tottenxem" bilan muzokaralar olib borgan. Nunes 2022 yildan 2025 yilgacha "Liverpul"da o'ynagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk