"Nyukasl" darvozaboni "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamadi

Alisher
10 fev 2022
"Nyukasl" posboni Martin Dubravka faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin edi.

Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirgan edi.

Ikki klub Din Xendersonni Dubravkaga almashishni muhokama qilishgan edi, ammo Martin bitimni rad etdi. 33 yoshli slovak MYUda zaxira o'yinchisi bo'lishni xohlamadi va "Nyukasl"da qolishga qaror qildi.

Dubravka joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 17ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN