"Nyukasl" Isak uchun juda katta summa istamoqda. "Liverpul"ning “boshi qotgan”

I.J.I
15 jul 2025
"Liverpul" klubi yana bir katta transfer qilish maqsadida.

"Liverpul" hujumchi Aleksander Isakning ehtimoliy transfer talablarini bilish maqsadida "Nyukasl" bilan aloqaga chiqqan. Biroq "qizillar" Shveciya milliy terma jamoasi futbolchisi bo'yicha rasmiy taklif bildirmagan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manba malumotiga ko'ra, "Nyukasl" Isakni sotishni istamayapti. Takidlanishicha, agar "Liverpul" hujumchi uchun 116 million funt sterlingdan ko'p to'lasa, "Nyukasl" uni sotishga rozi bo'lishi mumkin - bu ular hujumkor yarim himoyachi Florian Virtcni sotib olish uchun sarflagan summaga teng. Tabiiyki, "Liverpul"ga bu kabi katta summani to'lash oson bo'lmaydi. Hozirda klubda muhokamalar davom etmoqda.

O'tgan mavsumda shveciyalik futbolchi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 27 ta gol urdi va 6 ta gol uzatmasini amalga oshirdi. Shveciyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: ESPN

Izohlar

Асилбек Муминов
16 jul
Зайбалам килли нозланип буни пулига озмунча кушип родриго экитикеди олиши кере
Fc Milan20
16 jul
Nyukaslni shunaqa odati bor, futbolchisini biroz o'stirgandan va o'yin amaliyoti bergandan keyin otni kallasiday narx qo'yib oladi. Keyin futbolchilar 30 ga kirib ham bu komandadan keta olmaydi.
mirabzal
16 jul
оломаса кере