

"The Telegraph" ma'lumotlariga qaraganda, joriy mavsumda o'yin vaqti kamligidan xavotirda yurgan futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
Agar "hakkalar" rahbariyati MYU shotlandiyalikni sotishga tayyorligini ko'rsa, taklif bilan chiqadi. Futbolchining o'zi "Nyukasl"ga o'tishga qarshi emas.
Klub yarim himoyachi Ruben Neveshga ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Vulverxempton" yanvarda u bilan xayrlashmoqchi emas, "Nyukasl"ning esa qishda portugaliyalikni sotib olishga qurbi yetmaydi.



