"Nyukasl" "Manchester Siti" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher Ostonov
16 noya 2025
"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford qishda klubini o'zgartirishi mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Trafford yozda "Man Siti"ga o'tgandi. Futbolchi "shaharliklar" bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan.

Jeyms Trafford APLda jami 31ta o'yin o'tkazib, ularda 66 ta to'p o'tkazib yuborgan va uchta "quruq" o'yin qayd etgan. Transfermarkt portali darvozabonning narxini 30 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk