"Nyukasl" APL oy sovrinlarini "supurib oldi"

Оқил Абдубарноев
11 noya 2022
"Nyukasl" klubi a'zolari Premer-ligada oktyabr oyining uchta sovrinini qo'lga kiritdi.

Jumladan, Eddi Xau APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Angliyalik mutaxassis shogirdlari o'tgan oyda 6 o'yinda 5 g'alaba va 1 durang qayd etdi.

Shuningdek, klub forvardi Migel Almiron oyning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi gol muallifiga aylandi.

"Nyukasl" jamoasi ayni damda APL turnir jadvalida 27 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports