OCHL-2016. Sardor Rashidov va "Al Jayish" "Nasaf" bilan o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 dek 2015
2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

O'zbekiston kubogi sohibi "Nasaf" klubi "D" guruhidan joy oldi. Bu guruhda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" va BAAning "Al Ayn" klublari ham bor. Guruhning so'nggi ishtirokchisi "Naft Tehron" (Eron) va "Al Jayish" (Qatar) o'rtasidagi pley-off uchrashuvidan keyin aniqlanadi. "Al Jayish" safida o'zbekistonlik Sardor Rashidov o'ynayotganini eslatib o'tish shart bo'lmasa kerak.


"Ajdarlar" guruh bosqichini Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga qarshi bahs bilan boshlashadi.


Osiyo Chempionlar Ligasi - 2016

#         
"D" Guruhi
1 "Al Ayn" (BAA)
2 "Nasaf" (O'zbekiston)
3 "Al Ahli" (S.Arabistoni)
4 Pley-off 2 g'olibi
  

23/24 fevral             
"Al Ayn" (BAA) - Pley-off 2 g'olibi
23/24 fevral "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Nasaf" (O'zbekiston)       
1/2 mart Pley-off 2 g'olibi - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
1/2 mart "Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Ayn" (BAA)
15/16mart Pley-off 2 g'olibi - "Nasaf" (O'zbekiston)
15/16mart "Al Ayn" (BAA) - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
5/6 aprel "Nasaf" (O'zbekiston) - Pley-off 2 g'olibi
5/6 aprel "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Al Ayn" (BAA)
19/20aprel Pley-off 2 g'olibi - "Al Ayn" (BAA)
19/20aprel "Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
3/4 may "Al Ayn" (BAA) - "Nasaf" (O'zbekiston)
3/4 may "Al Ahli" (S.Arabistoni) - Pley-off 2 g'olibi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia