OCHL–2017. “Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi

Narzulla Saydullayev
7 may 2017
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “C” guruhi 6-turidan o'rin olgan “Al-Ayn” (BAA) – “Bunyodkor” (O'zbekiston) uchrashuviga rasmiylar tayinlandi.

Uchrashuv bosh hakami etib qatarlik Hamis Muhammad al-Marri tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ramzan Said al-Naemi va Muhammad Jabbor Darmon yordam beradi. To'rtinchi hakam – Feras Tavil (Suriya).

Hakamlar nazoratchisi vazifasi eronlik  Inoyat Masudga yuklatildi. Uchrashuv komissari  bo'lib xitoylik Xuang Song ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, “Al-Ayn” va “Bunyodkor” uchrashuvi erataga, 8 may kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:40 (Toshkent vaqti bilan 20:40)da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, “S” guruhi 5-turidan keyin “Al-Ayn” 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Bunyodkor” 3 ochko bilan so'nggi – 4-o'rinni egallagan. Mazkur uchrashuv natijasidan qati nazar Toshkent klubi musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com