OCHL-2018. "Paxtakor" "Al Garafa"ni mag'lub etsa qaysi guruhda o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, "Paxtakor" klubi agar pley-off bosqichida Qatarning "Al Garafa" klubini mag'lub eta olsa "A" guruhidan o'rin oladi. Ushbu guruhda "Al Jazira" (BAA), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) va "Traktorsozi" (Eron) kabi klublar joy olishgan.

"Paxtakor" guruhga chiqa olsa ilk uchrashuvni Sardor Rashidov o'ynayotgan "Al Jazira" klubiga qarshi safarda o'tkazadi.

"A" guruhi taqvimi:
12 fevral
"Al Jazira" - "Al Garafa" yoki "Paxtakor"

19 ferval
"Al Garafa" yoki "Paxtakor" - "Traktorsozi"

5 mart
"Al Garafa" yoki "Paxtakor" - "Al Ahli"

13 mart
"Al Ahli" - "Al Garafa" yoki "Paxtakor"

3 aprel
"Al Garafa" yoki "Paxtakor" - "Al Jazira"

17 aprel
"Traktorsozi" - "Al Garafa" yoki "Paxtakor"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia