

Rene Melensten biz bilan anchadan buyon ishlamoqda. Yig'in davomida Melensten bilan mashg'ulotlar o'tkazgandik. To'p bilan ishlayapmiz, taktik tomonlama tayyorlanayapmiz, - deydi Ahmedov. - Melensten tajribali ekani ko'rinib turibdi, bekorga Aleks Fergyuson bilan birga ishlamagan. U yaxshi murabbiy ekani ko'rinib turibdi. Bizga dastlabki g'alaba zarurligini aytdi. Asosiy maqsad esa Anji doim yuqori darajada yurishi.
O'z kuchimizga ishonchni qaytarish uchun bitta g'alaba kerak. Jamoa g'alaba qozonsa futbolchilarda ishonch ko'payadi. Krilya Sovetovga qarshi o'yin bor. Ular ikkita o'yinni yutqazishdi? Rossiya chempionatida kuchsiz jamoa yo'q, bundan tashqari ular o'z maydonida o'ynashadi. Raqib ham bizni mag'lub etmoqchi. Ammo biz Samarada g'alaba qozonishga urinamiz.



