O'FA Tibbiy qo'mitasi Superliganing 12 futbolchisi davolanishi lozimligini qayd etdi

Alisher
9 mar 2025
O'FA Tibbiy qo'mitasining 2024 yil 13 dekabrdagi 12-01 bayoni asosida Superliga klubi futbolchilari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidan tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda.

Tekshiruvlardan so'ng Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ligaga xat yo'llab, Superliganing bir qator futbolchilari ko'rikdan o'tkazilgach, ularning salomatligi yuzasidan ayrim xavotirlar yuzaga kelganligini qayd etgan. Salomatligi xavotirga sabab bo'layotgan futbolchilarning 3 nafari "Xorazm" va yana shunchasi "Navbahor" azosi hisoblanadi. Shuningdek, "Paxtakor", "Mashal", "Dinamo", "Qizilqum", "Nasaf" va "So'g'diyona" klublarining bir nafardan futbolchisi topshirgan analiz natijalari qoniqarli chiqmagan.

Liga tabiiyki, mazkur masalani O'FA Tibbiy qo'mitasiga oshirdi. Qo'mita bu masala yuzasidan yig'ilish o'tkazib, quyidagicha qaror qabul qildi:

• Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar natijasida salomatligi yuzasidan xavotirli deb topgan va Ligaga taqdim qilgan ro'yxatdagi barcha futbolchilar aniqlangan tibbiy muammolari yuzasidan respublikamizning aynan shu sohaga ixtisoslashgan markazlarida qayta chuqur tekshiruvdan o'tishi lozimligi inobatga olinsin;

• ro'yxatda ismi sharifi keltirilgan futbolchilar yuzasidan mutaxassislar so'nggi xulosani bermaguniga qadar hamda ushbu xulosa Ligaga taqdim etilmaguniga qadar, ular uchun jismoniy yuklamalar cheklanib, mashg'ulot va o'yinlarga ruxsat berilmasligi etiborga olinsin;

• qo'shimcha tekshiruvlar qanday xulosaga olib kelishi, pirovardida klub shifokori futbolchini mashg'ulot yoki o'yinda qatnashishga ruxsat berish yoki bermasligi haqidagi yakuniy qarorlar borasida O'FA Tibbiy qo'mitasiga malumot berilishi belgilab o'tilsin.

Liga O'FA Tibbiy xulosasidan kelib chiqib, ro'yxatda nomi keltirilgan futbolchilar licenziyasini vaqtincha cheklaydi. Klublar mazkur masaladan xabardor etilgani hamda futbolchi salomatligi uchun aynan shu klub shifokori javobgar ekanligidan kelib chiqib, Liga futbolchilar shaxsiga aniqlik kiritmaydi. Umid qilamizki, klub o'z futbolchisi salomatligiga jiddiy etibor qaratadi", - deyiladi xabarda.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

dessi anvar
9 mar
феврал ойида барча клублар тошкентда тиббий курикдан ўтади ушанда уларни тиббий курикдан ўтказган қўмита жавобгар бўлмайдими , клуб шифокорига ишонмасдан тошкентда курик ташкил қилганлар ўша пайт нега эълон қилмаган жамаотчиликка агар футболчи айбли бўлса , тушунарсиз ҳолат , энди тур ўйинлари бошланганда бундай хабарлар кимга ёқаркин а
Баходиржон 1912
9 mar
Дарҳол даволаниш керак соғлиқ биринчи ўринда
Ўзбек футболининг муҳлиси
9 mar
Нега шуни чемпионат бошланганида айтишади, ҳатяби 1 ҳафта олдин айтишса бўлардику
ZF
9 mar
Birinchi o’rinda sog’ligiga qarashi kerak. UFA tashxisni yaxshi qo’yadi. Esimda bir paytlar David Oniya degan Dinamoni Marhum Ximoyachisi Bor edi. Bizda uzoq yillar o’ynagan. Keyin tibbiy ko’rikdan o’tolmagandi. UFA ruhsat bermagandi yuragida o’zgarish bor deb. Keyinchalik Malayziya chempionatida o’ynab o’sha yerda maydonda Yurak hurujidan vafot etgan edi