O'FA: Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi keyinroq elon qilinadi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2025
O'zbekiston futbol associaciyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Farhod Nishonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig'inlari, selekciya, tibbiy,  ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari bo'yicha malumotlar taqdim etildi.

O'z navbatida murabbiylar kengashi azolarining O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi. Jamoa oldiga qo'yilgan Jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarilmagan bo'lsa-da, Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

U-20 terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi cikl bo'yicha musobaqalardagi ishtirokini yakunladi. Jamoa futbolchilari O'zbekiston U-23 terma jamoasi asosini tashkil qilib, Los-Anjelesda o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik olib boradi.    

Shuningdek, kun tartibidan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqish masalasi o'rin oldi. Murabbiy bo'yicha qaror - tavsiyalarni o'rganish jarayoni yakuniga etganidan so'ng malum qilinadi. 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Abdusalom Mirzayev
6 mar
Р. Ҳайдаров ёки Токов, Арсланов
Bu shunchaki o'yin
6 mar
U-23ni Ahmad Ubaydillayev, Rauf Ineleev, Jasur Abduraimov, Viktor Jalilov, Dilshod Nurillyev, Ro'ziqul Berdiyev singari trenerlarga berish kerak. Ular faqat murabbiy bo'lmagan, har tomonlama g'amxo'rlik qilgan. Zora yangi Jeparov, Geynrix, Bikmayev, Ahmedov, H. Aliqulov, G'aniyev, Shomurodov, Shukurov, Kapadze, Boltaboyev, Masharipov, Maxsitaliyev, Hakimov...larni kashf qilishsa
Ibroxim Xudaykulov
6 mar
Мухлислар фикрини инобатга олинглар. Энг яхши вариант Хайдаров
БЕК@
7 mar
Равшан Ҳайдаровни бош мураббий қилиб, Нишоновни ёрдамчи қилиб қўйиш керак. Ҳам ўрганади, ҳамда ёрдами ҳам тегади, болаларни танийди. Инелеевни маслаҳатчи сифатида қолдирса бўлади. Ҳайдаров ўзининг состави билан асосий қарорни ўзи ҳал қилади.
Rustam Hujamurodov
7 mar
Равшан Хайдаров куйилсин ,ака чемпион килган ,тажриба бор ...бошка вариант керакмас