OFK kubogi-2021. "Nasaf" keyingi o'yinni qachon o'tkazadi?

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021
OFK kubogi Inter Zonal yarim finali doirasidagi "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda O'zbekiston klubi 6:0 hisobida g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. 

Endi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" OFK kubogi yarim finalida Gonkongning "Li Man" klubiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs 20 oktyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. 

O'sha kuni ikkinchi yarim finalda "Al Muharraq" (Bahrayn) va "Al Kuvayt" (Kuvayt) klublari to'qnash kelishadi. 

Ma'lumot uchun, bu yilgi OFK kubogi finali 5 noyabr kuni o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia