OK-2023. 1-turning eng yaxshi murabbiyi - Petr Segrt

Tolibjon Qosimov
17 jan 2024
Kecha, 16 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2023da dastlabki tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 1-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Birin-ketin eng yaxshilarni elon qilishda davom etamiz.

Saytimiz ijodkorlari tomonidan Tojikiston terma jamoasi ustozi Petr Segrt birinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Tojikiston terma jamoasi o'zi favorit deb hisoblanmagan uchrashuvda Xitoyni anchagina qiynab qo'ydi. Qo'shnilarimiz ko'plab vaziyatlar yaratishdi va zarbalar berishdi. Xitoyliklar darvozaboni bo'lmaganda ehtimol tojiklar g'alabani ilib ketishlari ham mumkin edi. Garchi g'alaba qozongan jamoalar ko'p bo'lganiga qaramay, qo'shnilarimiz o'zlaridan kuchli deb baho berilgan raqibga qarshi ustunlik qilib mazmunli o'yin ko'rsatganliklari sabab xorvatiyalik mutaxassis eng yaxshi deb topildi.

Petr Segrt o'yinoldi matbuot anjumanida barcha jurnalistlar bilan birma-bir so'rashib chiqqandi.




Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

JAHONGIR ISROILOV
17 jan 2024
Ютган жамоадан бўладида энг зўр мураббий
Тож
17 jan 2024
Хитойликлар дарвозабони бўлмаганида эмиш...ха,ха,ха. Дарвозабонсиз жамоа майдонга тушганини кўрганмисизлар?