OK-2023. 2-turning eng yaxshi murabbiyi - yaponlarni taslim etgan Xesus Kasas Garsiya

Tolibjon Qosimov
22 jan 2024
Kecha, 21 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2023da ikkinchi tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 2-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni elon qilishda davom etamiz.

Saytimiz ijodkorlari tomonidan Iroq terma jamoasi ustozi Xesus Kasas Garsiya ikkinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Iroq bu turda musobaqa favoritlaridan biri Yaponiyani 2:1 hisobida taslim etdi. O'yin bo'yicha ham iroqliklar yaponlarga tengma-teng qarshilik ko'rsatishdi, Garsiya shogirdlari maydonda har bir to'p uchun oxirigacha kurashishdi va o'z vaziyatlarini golga aylantirib ketishdi. Iroq "D" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa ispaniyalik mutaxassis qo'lostida juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.


Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023 

FOTO  OK-2023. 2-turning eng yaxshi darvozaboni - Xolid Eysa


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Xorazmlik jentlmen
22 jan 2024
Guruh bosqich o'yinlarinda Yaponiya Koreya Avstraliyaga o'xshagan jamoala ochko yo'qotdi degani bularni o'yini u darajada kuchli emas akan, bular bilan bemalol o'ynasa bo'lar ekan degani emas. Bu jamoala hozircha kuchni tejamoqda, bor kuchi bilan o'ynamayapti. Guruh bosqich o'yinlari tugaganidan keyin ko'rasizlar bularni haqiqiy kuchini, finalgacha yirtqich hayvonga aylanishadi ☝️