Oksleyd-Chemberlen qoyilmaqom ko'rsatkich qayd etmoqda
“Liverpul” yarim himoyachisi Angliya Liga Kubogi doirasida “Arsenal” darvozasiga uzoq masofadan gol urishga erishdi.
Aleks Oksleyd-Chemberlen joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida jarima maydoni tashqarisidan 3 ta gol urishga erishdi. Aleksdan boshqa APLning biror futbolchisi bunday natijani joriy mavsum qayd eta olganicha yo'q.