

Asosiy tarkibda maydonga tushgan (Nosir) Nasser Menassel 1983 yil 6 yanvarda tavallud topgan. Markaziy yarim himoyada to'p suruvchi bu futbolchi Jazoir hamda Fransiya fuqaroligiga ega. 2003-2007 yillarda Fransiyaning "Grenobl" jamoasida o'ynagan Nasser (Suratda 21-raqamda) keyinchalik Ruminiya chempionatida ("Otopeni", "Internacional", "Panduri", "Kluj", "Brasov") to'p surgan. Ayni vaqtda u jamoamizdan ko'rikdan o'tmoqda. Ikkinchi legioner esa turkmanistonlik Arslonmurod Omonov qanot yarim himoyasida to'p suradi. U bundan bir muddat avval ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgandi.
Gay-etano Yusupov haqida aytadigan bo'lsak, u Toshkent shahridan. Hujumchi ampluasida to'p suruvchi bu yigit 1995 yilda tavallud topgan.



