"Olmaliq": Nasser Menassel va Gay-etano Yusupov haqida

Narzulla Saydullayev
22 fev 2014
Kecha jamoamiz Pavlodarning "Irtish" jamoasi bilan o'tkazgan o'rtoqlik o'yinida ikki nafar legioner ko'rikdan o'tganini xabar bergandik.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan (Nosir) Nasser Menassel 1983 yil 6 yanvarda tavallud topgan. Markaziy yarim himoyada to'p suruvchi bu futbolchi Jazoir hamda Fransiya fuqaroligiga ega. 2003-2007 yillarda Fransiyaning "Grenobl" jamoasida o'ynagan Nasser  (Suratda 21-raqamda)  keyinchalik Ruminiya chempionatida  ("Otopeni", "Internacional", "Panduri", "Kluj", "Brasov") to'p surgan.  Ayni vaqtda u jamoamizdan ko'rikdan o'tmoqda. Ikkinchi legioner esa turkmanistonlik Arslonmurod Omonov qanot yarim himoyasida to'p suradi. U bundan bir muddat avval ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgandi.

Gay-etano Yusupov haqida aytadigan bo'lsak, u Toshkent shahridan. Hujumchi ampluasida to'p suruvchi bu yigit 1995 yilda tavallud topgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz