O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "So'g'diyona"dan ustun keldi. Ikki jamoada ham yangi nomlar bor

Aslanov Jasurbek
11 feb 2021
Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" jamoalari bugun o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro kuch sinashishdi.

Mazkur uchrashuvda ikki jamoa murabbiylari ham yangi kelgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishdi. "Qo'qon-1912" jamoasidan Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar milliy terma jamoa yig'inida bo'lishgani uchun mazkur o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishdi. Shuningdek jamoaga yangi qo'shilgan Asadbek Sobirjonov ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi. Klubga yangi kelganlardan Anvar Hojimirzaev, Ilhom Vahobovga murabbiylar imkoniyat taqdim qilishdi. "So'g'diyona" tarkibida bugun avval malum qilganimizdek serbiyalik himoyachi Luka Chermel ham koreyalik Po yon, hamda jizzaxlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Asiljon Begimqulovlar maydonga tushishdi. 

Uchrashuvning 23-daqiqasida Muxammadanas Xasanovning uzatmasidan so'ng Anvar Xojimirzaev kuchli zarbasi bilan "So'g'diyona" darvozasiga gol kiritib, o'yindagi xisobni ochishga erishdi. Bo'lim oxirlariga kelib esa hisob tenglashdi. Arslanmirat Amanovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng , to'p qo'qonliklar himoyachisi Bobur Akbarovga tegib darvoza to'ridan o'rin oldi. O'yinning 56-daqiqasida Iqbol Malikjonov "Qo'qon-1912"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Amalda bu gol bahsdagi so'nggisi bo'ldi. 

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:1

Gollar: Anvar Xojimirzaev (23), Iqbol Malikjonov (54) - Bobur Akbarov(avt,45)

"Qo'qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Aleksandr Merzlyakov, Anvar Xojimirzaev, Farxod Bekmurodov, Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Xasanov, Shohnazar Norbekov, Mo'min Meliev

Zaxira: Xurshid Xo'jaev, Eldor Adxamov, Avazxon Mamatxo'jaev, Ilxom Vahobov, Sardor Azimov, Sardor Etovqo'ziev, Jamshid Rahmatullaev, Andrey Sidorov.

"So'g'diyona": Shirinboy Abdullaev, Asil Begimqulov, Iskandar Shoyqulov, Jamshid Boltaboev, Elyor Oripov, Shahboz Jo'rabekov, Luka Chermel, Arslanmurot Amanov, Ayubxon No'monov, Po Yon, Shohruz Norxonov

Zaxira: Zafar Safoev, Jasur Hasanov, Javohir Qahramonov, Bahodir Nasimov, Marko Kolakovich, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Daniel Nasriddinov.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Azizbek Almamatov
11 feb 2021
Shoxruz Norxonov So'g'diyonada qolganidan juda xursandman.
Мурод0034
11 feb 2021
Славко лукеч шартнома тузгунча узини курсатади. Шартнома тузгандан кейин секин Аста жарохат олиб уйига бориб келишини айтиб мавсумни дангасалик килиб тугатади. Яхшиси жавоб бериб юбориш керак. Алдайди
ishqivoz
11 feb 2021
Jamshid Boltaboyev Jasur Umirovga juda uhshab qobdimi. Sugdiyona uzagini saqlab qolibdi bu yil yaxshi mavsum utkazishi mumkin
Имомрасул
11 feb 2021
Косонсой углони Анвар Хожимирзаев ( Де Брюне ) узингни курсат гол уришдан хежам тухтама
Paradise
11 feb 2021
Bularkanku tarkibni chiqarsa