Osiyo o'yinlari-2018. O'rozboev 10-oltin medalni taqdim etdi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2018
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlarining 11-kungi bahslari ham terma jamoamiz uchun omadli kelmoqda.

Dzyudo musobaqasining -60 kg vazn toifasidagi bahslari Diyorbek O'rozboev oltin medalni qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz dzyudo vatani hisoblangan yaponiyalik Toru Shishimeni qo'shimcha daqiqalardagi vazari usuli evaziga taslim etdi.

Bu O'zbekiston sport delegaciyasining Osiyo o'yinlaridagi 10-oltin medali bo'ldi. Terma jamoamiz jami 39ta medal bilan 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Hindiston terma jamoasi hisobida 9ta oltin medal bor.

surat muallifi - Anvar Ilyasov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com