Osiyoda 2024/2025-yilgi futbol mavsumdan boshlab yangi musobaqalar o'tkaziladi

Omonjon To`xtamirzayev
14 aug 2023
Bugun Osiyo Futbol Konfederaciyasi Ijroiya qo'mitasining 2-yig'ilishi o'tkazildi.

Unda OFK Ijroiya Qo'mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi. Kun tartibidan klublar o'rtasidagi uchta yangi musobaqalar nomini elon qilish, ishtirokchi jamoalarni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirish, shuningdek, ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasini musobaqasini joriy etish masalasi ko'rib chiqildi.

 

Rasmiy xabarda  ushbu yig'ilishda Osiyo futboli uchun yangi davr boshlanayotganligi etirof etildi. Jami 76 ta klubni qamrab oluvchi yangi musobaqalar 2024/2025-yilgi futbol mavsumdan boshlab o'tkazilishi malum qilindi. Ushbu musobaqalar quyidagilar:

1. OFK Elita Chempionlar Ligasi - (Jami 24 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda);

2. OFK Chempionlar Ligasi 2 - (Jami 32 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda);

3. OFK Chaqiruv Ligasi (AFC Challenge League) - (Jami 20 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda).

Qayd etilishicha, OFK Elita Chempionlar Ligasi g'oliblari jami 12 million AQSH dollari miqdorida mukofotlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, OFK tomonidan 2021 va 2022-yillarda ayollar klublari o'rtasida ikkita sinov tariqasidagi Osiyo chempionati muvaffaqiyatli tashkil etildi, uchinchisi shu yil oxirida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

OFK Prezidenti Shayx Salmon ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi musobaqasi haqida to'xtalib, ayollarning iqtidorini namoyish etish uchun platforma yaratish - tashkilot strategiyasiga mos keladigan muhim qadamligini va bu musobaqa Osiyo futbolida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirib, ayollar o'yinining o'sishiga ijobiy tasir ko'rsatishini takidladi.

Yig'ilish davomida shuningdek, OFK Tibbiyot qo'mitasi, OFK Hakamlar qo'mitasi, OFK Moliya qo'mitasi va OFK huquq qo'mitasining yaqinda qabul qilingan qarorlari OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan ratifikaciya qilindi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: ufa.uz

Izohlar

Bek_0885
14 aug 2023
Ola undan koʻra OChLni bitta qilib ol. Gʻarbiy va sharqiy qilmay. Oʻzi bitta qitʼa 2ta mintaqa.
Боис Саидханов
14 aug 2023
Саудия учун мулжалланган турнирлар
Husniddin Bobojonov
14 aug 2023
Ажойиб. Элита ЧЛга учун Саудиядга 10та урин берилса керак
Burhonbek Abdumo'minov
14 aug 2023
Ahmoqona turnirlar hammasi
Meliboyev Hosilbek ✳️
14 aug 2023
Kotiga tiqadi ekanda bular osiyoni dalboyoblar shuncha puling kop bosa garb sharq ni bitta qil ochlda aviaqatnovlarni qoplab ber bitta qilib ikkovini. Shunda qiziq boladi Ochl e kallenga skeylar