Osvaldo "Kuinz Park Reynjers"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2015
"Kuinz Park Reynjers" bosh murabbiyi Garri Rednapp "Inter"da ijara asosida to'p tepayotgan, "Sautgempton" hujumchisi Pablo Osvaldoga qiziqish bildiryapti.

Osvaldo o'z jamoadoshi Mauro Ikardi bilan kelisha olmay qolganidan so'ng, "Inter"dagilar u bilan xayrlashmoqchi.

Osvaldo bu mavsumda 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com