O'zbekiston Kubogi chorak finaliga qachon qur'a tashlanishiga oydinlik kiritildi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2024
Ertaga, 6 iyul kuni "Aral" – "Paxtakor" hamda "So'g'diyona" – "Neftchi" uchrashuvi bilan O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga yakun yasaladi va chorak finalning barcha ishtirokchilari aniqlanadi.

Mazkur bosqichga Jizzaxdagi uchrashuvning tanaffus vaqti – 21:20 da "Sport" telekanali orqali jonli efirda qur'a tashlanadi.

Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz