O'zbekiston kubogi. Finalda avtogol urgan futbolchilarni bilasizmi?

Bugun 2021 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. "Paxtakor" va "Nasaf" klublari o'rtasidagi hal qiluvchi bahs soat 16:00da boshlanadi.

Bu musobaqa tarixidagi 29-final hisoblanadi. Ortda qolgan 28 o'yinda muxlislar jami 74 ta gol ko'rishgan. Ularning 35 tasi "Paxtakor" vakillari tomonidan urilgan. Boshqa jamoalarning statistikasi quyidagicha: "Bunyodkor" - 10, "Neftchi" - 8, "Nasaf" - 5, "Do'stlik" - 4, AGMK, "Lokomotiv" va "Navbahor"da 3 tadan, "Traktor" - 2, "Dinamo" - 1. 

"Temiryo'lchi" (hozirgi "Qo'qon-1912"), MHSK, "Yangier", "Mashal" va "Sho'rtan" futbolchilari esa o'zlari ishtirok etgan final bahslarida maydonni golsiz tark etishgan.

Xet-trik

Kubok finallari tarixidagi yagona xet-trik "Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheranning nomiga yozilgan. U 2019 yil AGMK darvozasiga 3 ta gol urgan edi.

Dubllar:

O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahslarida 11 nafar futbolchi dublga erishgan: Andrey Akopyanc (1997), Jafar Irismetov (2000), Leonid Koshelov (2001), Gochkuli Gochkuliev (2002), Anvar Soliev (2008), Irakli Klimiashvili (2011), Oleksandr Pishur (2013), Yovan Jokich (2018), Dragan Cheran (2020).

Avtogol

Finallar tarixidagi atigi 3 ta avtogol bor. 2002 yil "Paxtakor" bilan o'yinda "Neftchi" futbolchisi Sergey Lebedov o'z darvozasiga 2 ta gol urgani holda tarixga kirgan edi. Shuningdek, Sherzod A'zamov ham bir gal shu xatoga yo'l qo'ygan (2015, "Nasaf" tarkibida).

FAKT: Sherzod A'zamov kubok finalida ham raqib, ham o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan tarixdagi yagona futbolchi.

Finalda gol urgan barcha futbolchilar

5 - Dragan Cheran, Anvar Soliev

4 - Leonid Koshelev

3 - Avtogol (Sergey Lebedov - 2, Sherzod A'zamov) 

2- Mirjalol Qosimov, No'mon Hasanov, Rustam Do'rmonov,  Akopyanc Andrey, Gochguliev Gochguli, Jafar Irismetov, Server Jeparov, Jasur Hasanov, Irakli Klimiashvili, Oleksandr Pishur, Yovan Jokich.

1- Rifat Galeev, Ravshan Bozorov, Aleksey Vinnikov, Knyazev Vyacheslav, Farid Habibulin, Oybek Usmonxo'jaev, Azamat Abduraimov, Shuhrat Rahmonqulov, Abduqahhor Marufaliev, Anvar Berdiev, Sergey Ni, Muxtor Qurbonov, Akmal Xolmatov, Zayniddin Tojiev, Dilshod Mavlonov, Vladimir Shishelov, Timur Ayzatulov, Bayramov Renat, Ixeruome Uche, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Stevica Ristich, Aleksandr Kleckov, Jahongir Jiyamurodov, Shavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev, Viktor Karpenko, Ilhom Yunusov, Sherzod A'zamov, Artur Gevorkyan, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev, Isma Gonsalvesh, Zohir Pirimov, Jaloliddin Masharipov.

FAKT: Bugun maydonga tushishi mumkin futbolchilardan hech biri muqaddam kubok finallarida gol urmagan.

"Paxtakor" vs "Nasaf" - 11 fakt


Manba: championat.asia