O'zbekiston milliy terma jamoasi Stokgolm shahriga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2021
Srechko Katanets shogirdlari Shvetsiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Stokgolm shahriga yetib bordi.

Vakillarimizni O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov va mutaxassislar guruhi, shuningdek, shu yerda istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz kutib oldi.

Terma jamoamiz "Royal Park" mehmonxonasiga joylashdi.

Ma'lumot uchun Shvetsiya - O'zbekiston o'yini 5 sentyabr Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz