O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Minskka jo'nab ketdi
Narzulla Saydullayev
24 iyun 2016
Shu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Belarus bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.