O'zbekiston OTJ bugun yig'in doirasida "Bunyodkor"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2019
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Chig'atoy" sport majmuasida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgani haqida xabar berib o'tgandik.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar 22-26 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Bugun Olimpiya terma jamoasi a'zolari yig'in doirasida "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazishadi.

Uchrashuv soat 16:30da "Milliy" stadion mashg'ulotlar maydonida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Saralash o'yinlarining taqvimi quyidagicha:

22 mart, 17:00
O'zbekiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)

24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)

26 mart, 17:00
O'zbekiston - Tojikiston (Paxtakor stadioni)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz