O'zbekiston terma jamoasi Gabonga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi Gabonga qarshi oq libosda o'ynaydi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Ertaga yurtimiz mezbonlik qilayotgan FIFA Series doirasidagi uchrashuvlarga start beriladi. Bugun o'yinlar oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

2.jpg3.jpg

Unda FIFA va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Futbolchilarimiz ertangi Gabonga qarshi uchrashuvda to'liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, bellashuv ertaga “Bunyodkor” stadionida 19:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати