O'zbekiston U-16 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Vengriyaga yutqazdi

Administrator
23 sen 2025
Vengriya va O'zbekiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yinida vengriyaliklarning qo'li baland keldi.

Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Vengriyadagi xalqaro yig'in doirasida Vengriya U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 25 sentyabr kuni ikki jamoa o'rtasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi.

Vengriya U-16 – O'zbekiston U-16

Gollar: Vinze Tamas 25', Gyano Marsel 32', Ravshanbekov 46', Somfalvi Barna (p) 53', Abduraimov 62'. 

Golga aylanmagan penalti 24' (Vengriya)


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати