O'zbekiston U-18 terma jamoasi CAFA U-20 Championship 2023 turnirida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2023
2005 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-18 terma jamoasi 15-18 may kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoa yig'inning ikkinchi qismini Tojikistonda davom ettiradi. Terma jamoa CAFA U-20 Championship 2023 turnirida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Musobaqa taqvimi va turnir haqidagi batafsil ma'lumot keyinroq e'lon qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz