O'zbekistonlik futbolchi Gruziya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2017
Gruziya oliy ligasida ("Erovnuli Liga") o'zbekistonlik futbolchi paydo bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq vakili Aleksandr Kleckov "Shukura" klubi bilan shartnoma tuzdi. Kobuleti shahri klubi dastlabki 6ta turdan so'ng 2 ochko bilan 10 jamoa orasida eng so'nggi pog'onani egallab turibdi.

Klub 1968da tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 6000 tomoshabinga mo'ljallangan "Chele Arena" stadionida o'tkazadi. Bosh murabbiy - Gia Guruli. "Shukura" safida Kleckovdan tashqari rossiyalik Azamat Jioev, Irakli Cheziya va braziliyalik Jefino kabi legionerlar to'p tepishadi.

Kecha "Shukura" o'z uyida chempionat peshqadami Tblisining "Lokomotiv" klubini qabul qilib 0:5 hisobida yutqazdi. Ushbu bahsda Kleckov Gruziya chempionatidagi debyutini nishonladi.

Kleckov yangi jamoasi safida 27-raqamda o'ynamoqda.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Musĺihiddin
9 apr 2017
ULARNI CHEMPIONATIDAN UZIMIZNI 3-LIGA KUCHLIROQ
Abdu_ReaLiver
9 apr 2017
Omadini bersin
KUTIB OLING ''NAVBAHOR'' QAYTMOQDA
9 apr 2017
ADMINLAR SILARDAN BIR ILTIMOS FUTBOL TV HAQIDA BIROR BIR XABAR BERSANGLAR YAXSHI BO'LARDI YOKI BIZNI ALDASHDIMI SHU XAQIDA ILTIMOS NODIRXOJA AKA SIZDAN KUTIB QOLAMIZ FUTBOL TV XAQIDA MALUMOT
abdujalil7082
10 apr 2017
6 минг сигади холосми мухлис
abdujalil7082
10 apr 2017
6 минг сигади холосми мухлис