O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha jahon chempionati o'yinlarini boshqaradi

Оқил Абдубарноев
2 iyul 2024
Futzal bo'yicha O'zbekiaton mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan olti konfederatsiyadan 39 nafar hakam o'rin olgan. Ular orasida o'zbekistonlik hakam Anatoliy Rubakov nomi ham qayd etilgan.

Shu bilan birga, ro'yxatdavilar orasida ikki nafar ayol hakam ham mavjud.

Eslatib o'tamiz, mundial bahslari 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar O'zbekistonning uchta shahrida o'tkaziladi.

Turnirga jalb etilgan barcha hakamlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ФИФА