O'zbekistonlik hakamlar Hindistondagi OCHL uchrashuvlarini boshqaradi

Alisher
14 apr 2021
Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun o'zbekistonlik nazoratchi va hakamlarni taklif etildi.

FIFA referilari Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin Persepolis, Ar-Rayyan, Goa va Al-Vahda klublaridan iborat E guruhi uchrashuvlarini boshqaradi.

Shuningdek, o'zbekistonlik OFK instruktori Vladislav Seytlin mazkur guruh o'yinlarida uchrashuv nazoratchisi sifatida ishlaydi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz